locale OZ

Muhammadali Orinboev Osiyo kubogi saralash o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammadali Orinboev Osiyo kubogi saralash o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi
Фото: ЎФА

Belgiya klubi “Antverpen” sharafini himoya qilayotgan Muhammadali Orinboev kecha “Vesterlo” jamoasiga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi.

O‘yin tugagach, uning eski jarohati yana bezovta qilgani sababli, klubning tibbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislari tavsiyasiga ko‘ra, Orinboevning tiklanish jarayoni o‘z jamoasida davom ettiriladigan bo‘ldi.

Shu sababdan uning o‘rniga “Olimpik Mobiuz” futbolchisi Muhammadali Reimov yig‘inga jalb etildi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz 3–9-sentabr kunlari U-23 Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi va Shri-Lanka, Qirg‘iz Respublikasi hamda Falastinga qarshi bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting