locale OZ

Muhammad Saloh — PFA talqiniga ko‘ra o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammad Saloh — PFA talqiniga ko‘ra o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi
Фото: Getty Images

Muhammad Saloh PFA (Professional futbolchilar assotsiatsiyasi) tomonidan APLning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O‘tgan mavsum misrlik futbolchi “qizillar” safida 38 o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 18 ta assistni qayd etgandi.

Yangi mavsumning birinchi o‘yinidayoq Saloh “Bornmut” darvozasini ishg‘ol qilib, APL tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq “Aston Villa” yarim himoyachisi Morgan Rojers PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting