Muhammad Saloh: «Muvaffaqiyatsiz kechalar va umidsizliklar futbolning bir qismi, men ularni motivatsiya va sovrinlarga aylantirishni o‘rgandim»
«Trabzonspor» hujumchisi Muhammad Saloh Yevropa Ligasi pley off bosqichidan o‘rin olgan «Ferensvarosh»ga qarshi javob bahsidagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatga munosabat bildirdi. Birinchi uchrashuvda ham turkiyaliklar 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
«Faoliyatimda hech narsa osonlikcha berilmagan. Muvaffaqiyatsiz kechalar va umidsizliklar futbolning bir qismi, men ularni motivatsiya va sovrinlarga aylantirishni o‘rgandim. «Trabzonspor» mening klubim va men butun qalbim bilan ushbu loyihaning bir qismiman. Kechagi voqea buni o‘zgartirmaydi. Kutilyotgan umidlar yuqori ekanini bilaman va barchasi o‘xshashiga, muvaffaqiyatga erishishimizga chin dildan ishonaman. «Men g‘alaba qozonish uchun keldim» — men uchun bu shunchaki so‘zlar emas», — deyiladi Salohning bayonotida.
Ma’lumot uchun, shu tariqa «Trabzonspor» Yevropa Ligasidan chiqib ketdi va endi Konferensiyalar Ligasida ishtirok etadi.