locale OZ

Muhammad Saloh — APL to‘purariga aylandi

Misrlik hujumchi gol+pas tizimida yetakchi bo‘ldi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammad Saloh — APL to‘purariga aylandi
Photo: Getty Images

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh 2024/2025 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Misrlik forvard 38 uchrashuvda 29 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Saloh 18 ta golli uzatmani amalga oshirib, liganing eng yaxshi assistentiga ham aylandi. 32 yoshli hujumchi 2017 yildan buyon “Liverpul” safida o‘ynab kelmoqda.

U barcha turnirlarda 401 ta o‘yinda maydonga tushib, 245 ta gol urgani va 113 ta golli uzatmani amalga oshirgani bilan ham ajralib turadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting