Muhammad Saloh 4-o‘ringa ko‘tarildi
U "Byornli"ga qarshi bahsda g‘alaba goliga mualliflik qildi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh APLdagi 188-golini urdi.
Misrlik 33 yoshli hujumchi “Byornli”ga qarshi (1:0) o‘yinda 95-daqiqada penaltidan gol urib, mersisaydliklarga uch ochko keltirdi.
Natijada Saloh gollar soni bo‘yicha Endi Koulni ortda qoldirib, APLda 4-o‘ringa chiqib oldi.
Undan oldinda Alan Shirer (260 ta gol), Harri Keyn (213 ta gol) va Ueyn Runi (208 ta gol) bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist