Muhammad Isayev – «Guliston» futbolchisi
31 yoshli futbolchi shu kunga qadar Superliga va Indoneziya va Tojikiston chempionatlarida o‘ynagan.
photo: Guliston FK
Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Guliston» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
«Guliston» PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Muhammad Isayev bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi.
31 yoshli futbolchi shu kunga qadar Superliga va Indoneziya va Tojikiston chempionatlarida o‘ynagan.
Muhammad Isayev futbolchilik faoliyati:
Tug‘ilgan sanasi: 01.09.1994
Ampluasi: Markaziy yarimhimoyachi
O‘ynagan jamoalari: OKMK (2015-2018), «Metallurg» (2018-2022), «Dinamo» va «Andijon»da ijara asosida, «Istiqlol» (2022, Tojikiston), «Malut Yunayted» (2023, Indoneziya), SSKA (2024, Tojikiston).
Ishonamizki, Isayev «Guliston» jamoasida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan barchaning ishonchini oqlaydi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor