locale OZ

Mourinyu Vinisiusdan kun tartibini o'zgartirishni iltimos qildi

Portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining yana yuqori saviyada o‘ynashini istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyu Vinisiusdan kun tartibini o'zgartirishni iltimos qildi
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa hujumchisi Vinisius Juniorga avvalgi sport formasini tiklash uchun kundalik tartibiga o‘zgartirish kiritishni tavsiya qildi. Portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining yana yuqori saviyada o‘ynashini istamoqda. Bu haqda EL MUNDO nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Mourinyu Vinisius bilan yaqinda o‘tkazilgan shaxsiy suhbatda uning dam olish va tiklanish jarayoniga alohida e’tibor qaratgan. Murabbiy futbolchidan uy sharoitidagi kun tartibini, xususan, mashg‘ulotlardan keyingi tiklanish va dam olish odatlarini qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Vinisius murabbiylar shtabi yordamida kundalik hayotidagi ayrim jihatlarni o‘zgartirishi kutilmoqda. Bundan asosiy maqsad braziliyalik hujumchining jismoniy holatini yaxshilash va uni avvalgi sport formasiga qaytarishdir. Mourinyu futbolchining imkoniyatlariga ishonmoqda va uning yana jamoa yetakchilaridan biriga aylanishini istamoqda.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Vinisius joriy mavsum “Real” safida barcha musobaqalarda 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Braziliyalik futbolchi hozircha o‘zining avvalgi sermahsulligini namoyish eta olmayapti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting