Mourinyu uchun \"Real\"dagi daxlsiz futbolchilar ma'lum qilindi - El Mundo
Qayd etilishicha, ushbu futbolchilar transfer uchun ko‘rib chiqilmaydi va Mourinyuning yangi loyihasining asosini tashkil etadi.
Foto: Getty Images
Ispaniyaning El Mundo nashri jurnalisti Xose Mourinyu boshqaruvidagi "Real Madrid" safida sotilmaydigan va jamoaning asosiy tayanchi hisoblanadigan futbolchilar ro‘yxatini e'lon qildi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis quyidagi besh futbolchini jamoaning eng muhim futbolchilari sifatida ko‘rmoqda:
- Kilian Mbappe
- Vinisius Junior
- Jud Bellingem
- Federiko Valverde
- Tibo Kurtua
Qayd etilishicha, ushbu futbolchilar transfer uchun ko‘rib chiqilmaydi va Mourinyuning yangi loyihasining asosini tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist