locale OZ

Mourinyu oʻz xizmatlarini «Real»ga taklif qildi

Portugaliyalik mutaxassis hozirda «Benfika»da ish yuritmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyu oʻz xizmatlarini «Real»ga taklif qildi
FOTO: Getty Images

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoning vakillari Madridning «Real» klubi rahbariyati bilan bog‘lanib, murabbiyning «Benfika» bilan tuzgan shartnomasida uni bekor qilish bo‘yicha maxsus band borligini ma’lum qilishdi.

AS nashrining xabar berishicha, ushbu qadam mutaxassisning «Santyago Bernabeu»dagi yangi chaqiruvni qabul qilishga tayyor ekanligidan dalolat beradi.

Mourinyo yaqinda Lissabonning «Benfika» klubini boshqarganiga qaramay, u yerda sezilarli iz qoldirgan «Real»ga qaytish istiqboli u uchun juda jozibali ko‘rinmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis Madrid klubidagi avvalgi faoliyati davomida La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u 2011 yilda FIFA talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting