Mourinyo: «Benfika» meni katta maqsadlar sari undamoqda»
Portugaliyalik mutaxassis yangi klubida ish boshlash arafasida fikr bildirdi.
Photo: gettyimages
Benazir murabbiy Joze Mourinyo Portugaliyaning Benfika jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.
Mutaxassis yangi klubida ish boshlash arafasida fikr bildirdi.
“Avval men murabbiylik qilgan hech qaysi jamoa Benfikachalik meni ruhlantira olmagan edi. Bu klub meni katta maqsadlar sari undamoqda”,-dedi Mourinyo.
Portugaliyalik mutaxassisning so'nggi jamoasi Turkiyaning Fenerbahche klubi bo'lgan edi. U shuningdek Portu, Inter, Real Madrid, Manchester Yunayted, Roma, Benfika kabi klublarda ham faoliyat olib borgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor