Mourinyo APLga qaytishi mumkin
Photo: Getty Images
“Fenerbaxche” ustozı Joze Mourinyo yana sobiq jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda Tutto Calcio Estero xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, portugaliyalik mutaxassis “Tottenhem” bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi mumkin. U 2019-2021 yillarda ushbu jamoani boshqargan. Londonliklar mavsum oxirida Anje Postekoglu bilan xayrlashishi mumkin.
“Tottenhem” hozirda APL turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi va amaldagi murabbiy bilan hamkorlikni to'xtatishni rejalashtirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist