locale OZ

Motta Fransiyada ish boshlashi mumkin

43 yoshli mutaxassis hozirda ishsiz.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Motta Fransiyada ish boshlashi mumkin
ФОТО: Getty images

“Yuventus” sobiq bosh murabbiyi Tiago Motta Fransiyada ish boshlashi mumkin. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Motta “Monako”da Adi Xyutterning o‘rnini egallashga nomzodlar qatorida. Monegasqlar qoniqarsiz natijalar sabab bosh murabbiyini iste’foga chiqarmoqchi.

Agar u iste’foga chiqsa, 43 yoshli italiyalik Mottani taklif qilishlari mumkin.

Ayni vaqtda “Monako” Liga 1da 13 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasida esa jamoa dastlabki ikki turda atigi 1 ochko to‘plagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting