Morgan: «Portugaliyalik ten Hag Ronalduni kamsitish orqali nom qozonishga urinmoqda»
Britaniyalik taniqli jurnalist Pirs Morgan Krishtianu Ronaldu atrofida yuzaga kelgan mojaroga yana bir marotaba munosabat bildirdi. Xususan, u portugaliyalik bosh murabbiyi Jorje Jezushni keskin tanqid qildi.
«Bu yigit — portugaliyalik ten Hag. Guyoki, o‘zini qattiqqo‘l va talabchan mutaxassis sifatida ko‘rsatib, Krishtianu Ronalduni hayratlanarli darajada hurmatsizlik bilan kamsitish orqali nom qozonishga urinmoqda», — deb yozdi Morgan X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi yig‘inini Daniyaga qarshi Millatlar ligasining 3-tur uchrashuvi oldidan tark etgan.
Jezush esa matbuot anjumanida Ronalduning Daniyaga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi mumkinligini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, mutaxassis futbolchi bilan o‘rtasida hech qanday nizo yo‘qligini ta’kidlagan.
Ronalduning milliy jamoa yig‘inini tark etishi esa Portugaliya futbolida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi. Endi asosiy e’tibor Jezush va Ronaldu o‘rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanishiga qaratilmoqda.