locale OZ

Morata: «Hech qachon «Leganes»da o‘ynayman deb o‘ylamaganman»

33 yoshli futbolchining transferini juma kuni rasman e’lon qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Morata: «Hech qachon «Leganes»da o‘ynayman deb o‘ylamaganman»
ФОТО: Getty images

Hujumchi Alvaro Morata «Komo»dan «Leganes»ga ijara asosida o‘tganidan so‘ng yangi klubi haqida fikr bildirdi.

33 yoshli futbolchining transferini juma kuni rasman e’lon qilindi. Kelishuvda uni to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.

«Hech qachon «Leganes»da o‘ynayman deb o‘ylamagan edim, ammo bu chiroyli hikoya. Bolaligimda stadionda tomosha qilgan birinchi o‘yinim «Leganes» — «Atletiko» bahsi bo‘lgan.

O‘sha uchrashuvga otam bilan kelgandim va meni futbolchilarga to‘p uzatib turish uchun maydon chetida ishlashga yuborishgan edi», — dedi Morata.
Eslatib o‘tamiz, Morata Ispaniyada avval «Atletiko» va «Real» safida to‘p surgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting