\"Monako\" Regilonga qiziqish bildirmoqda
U APL klubini tark etdi
Photo: Getty Images
“Monako” klubi “Tottenhem” himoyachisi Serxio Regilonni transfer qilish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, monegasklar 28 yoshli ispaniyalik himoyachining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Shanba kuni londonliklar Regilon jamoani tark etishi haqida e’lon qildi.
O‘tgan mavsumda himoyachi “shporlar” safida barcha musobaqalarda jami 6 ta o‘yin o‘tkazib, maydonda 316 daqiqa harakat qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist