locale OZ

\"Monako\" Biret bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Monako" Biret bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images

"Monako" Mika Biret bilan kelishuvni uzaytirdi.

Daniyalik hujumchi monakoliklar safida 2030 yil yozigacha o‘ynashda davom etadi. Fransiya klubi 22 yoshli futbolchini o‘tgan qishda "Shturm"dan 13 mln yevroga sotib olgandi.

O‘tgan mavsumda Biret Liga 1da 16 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Hujumchi faoliyati davomida "Arsenal" va "Fulhem" yoshlar jamoalarida, "Valveyk" hamda "Motherwell" kabi klublarda ham harakat qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting