locale OZ

Mo'minxon Bahodirxonov: \"Dastlabki maqsadimiz — Jahon chempionatiga yo‘l olish\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mo'minxon Bahodirxonov: "Dastlabki maqsadimiz — Jahon chempionatiga yo‘l olish"
Photo: gettyimages

Bugun Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi 2-turi doirasida Xitoyga qarshi maydonga tushadi. Jamoa sardori Mo'minxon Bahodirxonov uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Turnirning ochilish uchrashuvi bo‘lgani sababli Tailandga qarshi o‘yinda jamoamizda biroz hayajon sezildi. Biroq tezkor kiritilgan gollar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Ko‘plab o‘rtoqlik o‘yinlari va xalqaro turnirlarda ishtirok etganmiz, ammo rasmiy bellashuvlar butunlay boshqa ruhda o‘tadi.

Endi birinchi g‘alabamiz ortda qoldi. Bor e’tiborimizni Xitoyga qarshi ikkinchi tur uchrashuviga qaratamiz. Dastlabki maqsadimiz — Jahon chempionatiga yo‘l olish. Bu yo‘lda Xitoy bilan o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Murabbiylarimiz ta’kidlaganidek, sifatli o‘yin ko‘rsatib, faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Xudo xohlasa, futbol muxlislarini quvontiradigan natija bilan yurtimizga qaytamiz”,-deydi O'zbekiston U-17 terma jamoasi sardori UFA rasmiy saytiga bergan intevyusida

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting