locale OZ

Modrich shartnomasini uzaytirgach muxlislarga murojaat qildi

Avvalroq xorvatiyalik futbolchi milanliklar bilan 2027-yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi.
Modrich shartnomasini uzaytirgach muxlislarga murojaat qildi
FOTO: Getty Images

“Milan” bilan shartnomasini 2027-yilning yozigacha uzaytirgan Luka Modrich klub muxlislariga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u yangi mavsumda ham jamoa uchun bor kuchini berishga va’da berdi.

“Salom, milanliklar! Men juda xursandman. Bu buyuk klubda yana bir yil qolayotganimdan faxrlanaman. Menga bildirgan ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat. Sizlarni yana “San-Siro”da ko‘rishni sabrsizlik bilan kutyapman. Forza Milan!”

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi “Milan” bilan yangi bitim imzolab, klubdagi faoliyatini yana bir mavsum davom ettiradigan bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting