Modrich \"Real\"da qoladi
Photo: Getty Images
"Real"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso yarim himoyachi Luka Modrichni jamoada qolishiga ruxsat berdi.
Marca tarqatgan xabarga ko‘ra, Alonso 39 yoshli xorvatiyalik futbolchining tajribasi, maydonni ko‘ra olish qobiliyati va yetakchilik fazilatlarini qadrlaydi hamda uni o‘z safida ko‘rishni istaydi. Shu sababli Alonso rahbariyatdan shartnomasi yakunlanayotgan futbolchi bilan kelishuvni uzaytirishni so‘ragan.
Joriy mavsumda Luka Modrich "Real" safida La Ligada 34 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 assistni qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist