locale OZ

Modrich: «Menga Messi yoki Ronaldu degan savol yoqmaydi, lekin Krishtianuni afzal koʻraman»

Xorvatiyalik futbolchi oʻzining sobiq jamoadoshini e'tirof etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Modrich: «Menga Messi yoki Ronaldu degan savol yoqmaydi, lekin Krishtianuni afzal koʻraman»
FOTO: Getty Images

«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich «Messi yoki Ronaldu?» degan savolni yoqtirmasligini aytib, shuningdek, sobiq jamoadoshi — hozirda «An Nasr» safida to‘pi surayotgan Krishtianu Ronalduning insoniy fazilatlari haqida fikr bildirdi.

— Messi yoki Krishtianu Ronaldu?

— «Menga bu savol yoqmaydi. Ular butun bir davrni belgilab berishdi. Menga Krishtianu yaqinroq, chunki men u bilan birga o‘ynaganman, u «Real»da mening jamoadoshim edi.

Ishonch bilan ayta olamanki, u nafaqat buyuk futbolchi, balki aql bovar qilmas darajada zo‘r inson. Odamlar buni har doim ham bilishmaydi, ammo uning yuragi juda katta, u doimo yordam berishga tayyor. U oddiy, kamtar inson», — dedi Modrich.

— Messi haqida nima deysiz?

— «Men uni inson sifatida yaqindan tanimayman, biroq uning ham ajoyib inson ekaniga shubham yo‘q. Futbolchi sifatida esa u — betakror», — deya Modrichning so‘zlarini keltiradi Corriere della Sera.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting