locale OZ

Modrich: «Allegri biroz Anchelottiga oʻxshab ketadi»

«Milan» yarimhimoyachisi oʻzining hozirgi va avvalgi murabbiyini taqqosladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Modrich: «Allegri biroz Anchelottiga oʻxshab ketadi»
FOTO: Getty Images

«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich bosh murabbiy Massimiliano Allegriga bo‘lgan munosabati haqida so‘zlab berdi.

«Allegri ajoyib xarakterga ega. U biroz Anchelottiga o‘xshaydi — hissiy, kulgili va hazilni yaxshi ko‘radi. Biroq maydonda, murabbiy sifatida, u haqiqiy ustod. Futbolni tushunishi juda chuqur. Avval u bilan shunchalik yaqin tanish emas edim, lekin hozir u mening murabbiyim bo‘lganidan xursandman.

Anchelotti? Karlo — birinchi raqamli, so‘z bilan ifodalash qiyin. Uning o‘zi tutgan uslubi uchun, faqatgina skameykadagi sifati uchun emas. Biz «Milan» va shahar haqida ko‘p suhbatlashdik, «Real»da bo‘lganimizda. U uchun ham bu joy alohida ahamiyatga ega.

Uchrashuvimizni eslayman. Men shaharda yolg‘iz edim, u qo‘ng‘iroq qilib, birga kechki ovqatga borishni taklif qildi. Biz soatlab suhbatlashdik, hamma narsadan — futbol, oila, hayot haqida. Odatda murabbiylar o‘z futbolchilariga ishonishmaydi. Lekin u ishonadi», — deb yozadi Modrich Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting