Modrich: «20 yildan beri ilk bor o‘zimdan juda uyaldim»
Modrich: «20 yildan beri ilk bor o‘zimdan juda uyaldim»
Xorvatiya milliy jamoasi sardori Angliyaga qarshi yirik mag‘lubiyatdan keyin jamoadoshlari nomidan uzr so‘radi.
Xorvatiya milliy jamoasi Millatlar ligasi 3-turida Angliyaga qarshi o‘z maydonida 0:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng 41 yoshli yarimhimoyachi Luka Modrich jamoaning o‘yinini keskin tanqid qildi.
«Hech qanday yakkakurashlar, tajovuzkorlik, fol va birdamlik bo‘lmadi. Men milliy jamoada 20 yildan beri o‘ynayapman va shuni aytishim kerakki, ilk bor bahsdan keyin o‘zimdan uyaldim. Mag‘lub bo‘lish mumkin, ular bizdan yaxshiroq edi. Ammo bunday tarzda yutqazish va o‘z obro‘yingga putur yetkazish mumkin emas. 20 yil ichida ilk bor o‘zimdan juda uyaldim», — dedi Modrich. Uning so‘zlarini Index keltirdi.
Xorvatiya milliy jamoasi sardori bunday mag‘lubiyatdan keyin futbolchilar bir-birini ayblamasligi kerakligini ham ta’kidladi. Uning fikricha, jamoa qiyin vaziyatda ham birdamlikni saqlab qolishi lozim.
«Biz bir-birimizni ayblamasligimiz, har doimgidek birga bo‘lishimiz kerak. Biz katta farq bilan yutqazdik, ammo bunday bahsdan keyingi tuyg‘u butunlay boshqacha. Men hech qachon bunday holatni boshdan kechirmaganman. Buning uchun uzr so‘rayman», — deya qo‘shimcha qildi xorvatiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Angliya safida Harri Keyn va Bukayo Saka dubl qayd etgan bo‘lsa, Jud Bellinghem, Entoni Gordon va Morgan Rojers bittadan gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya ushbu g‘alabadan so‘ng Millatlar ligasidagi navbatdagi bahslariga tayyorgarlik ko‘radi.