locale OZ

MLSning ikki klubi Salahning transferidan voz kechdi

Bunga uning yuqori maoshi sabab bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLSning ikki klubi Salahning transferidan voz kechdi
ФОТО: Getty images

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah yozda jamoani tark etadi.

The Athletic nashri xabar berishicha, MLSning ikki klubi – “San-Diego” va “Chikago Fayr” jamoalari misrlik forvardga qiziqqan edi.

Biroq Salahning yuqori maoshi sababli ular bu transferni amalga oshira olmasligi ayonlashdi. Agarda Muhammad maoshini kamaytirsa, bu jamoalar taklif bilan uning agentlari bilan muzokaraga kirishishi mumkin.

Joriy mavsumda u 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting