locale OZ

MLS pley-off bosqichi. «Inter Mayami» tarixda ilk bor Sharqiy Konferensiya g'olibiga aylandi

Hal qiluvchi o'yin 7 dekabrga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS pley-off bosqichi. "Inter Mayami" tarixda ilk bor Sharqiy Konferensiya g'olibiga aylandi
ФОТО: Getty images

"Inter Mayami" MLS pley-offining 1/2 finalida "Nyu-York"ni mag'lub etdi - 5:1.

"Inter Mayami" safida gollarga hujumchilar Tadeo Allende (xet-trik), Mateo Silvetti va yarim himoyachi Telasko Segoviya mualliflik qildi.

Hujumchi Lionel Messi Silvetti uchun assistentlik qildi. "Nyu-York"da yagona gol yarim himoyachi Jastin Haak hisobiga yozildi.

Shu tariqa, "Inter Mayami" MLS pley-off finalida "San-Diego" - "Vankuver" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi. Hal qiluvchi o'yin 7 dekabrga belgilangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting