locale OZ

MLS. Messining benefisiga aylangan bahsda «Inter Mayami» safarda «Sinsinatti»ni magʻlub etdi

Floridaliklar ushbu gʻalaba orqali yarimfinalga yoʻllanma oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS. Messining benefisiga aylangan bahsda «Inter Mayami» safarda «Sinsinatti»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

24 noyabrga oʻtar kechasi AQShning Sinsinatti shahrida MLS pley-off bosqichining 1/4 finalidan oʻrin olgan «Inter Mayami» va «Sinsinatti» oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi. Yakunda mehmonlar yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.

«Inter Mayami» safida Lionel Messi, Mateo Silvetti va Tadeo Allende (dubl) gol kiritdi. Shuningdek, Messi jamoasining uchta goliga assistentlik qildi.

Shu tariqa, «Inter Mayami» turnirning yarimfinaliga yoʻllanma oldi.

MLS. 1/4 final

«Sinsinatti» — «Inter Mayami» 0:4

Gollar: Messi (19), Silvetti (57), Allende (62, 74).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting