MLS. Messi qatnashmagan bahsda «Inter Mayami» safarda durang qayd etdi
Suares esa to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
ФОТО: Getty images
MLS 4-turidan o‘rin olgan "Sharlott" hamda "Inter Mayami" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bahsda tomonlar 0:0 hisobidagi nursiz durangga imzo chekdi. Florida klubi safida Messi bellashuvda ishtirok etmadi, Suares esa to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
Ayni vaqtda "Inter Mayami" 7 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasida qayd etilgan bo‘lsa, "Sharlott" 5 ochko to‘plagan holda 15-o‘rinni band etgan.
MLS. 15 mart
Sharlott — Inter Mayami 0:0
Inter Mayami — Rios Novo, Regilon (Abadia-Reda 68), Allen, Lujan, Frey, Ayala (Segoviya 73), Ruis (Shou 68), Silvetti, Morales (Berterame 73), Pinter (Allende 80), Suares.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist