MLS. Messi gol va assist qayd etgan «Inter Mayami» g‘alaba qozondi
Florida klubi turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
MLS USA
17.05.2026, Yak.
Inter Miami CF
2
Portland Timbers
0
MLS 14-turidan o‘rin olgan «Inter Mayami» hamda «Portlend» jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Bellashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Maydon egalari safida Messi to‘liq harakat qilib, 1 gol va 1 assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, «Inter Mayami» 28 ochko bilan umumiy turnir jadvalining 4-pog‘onasida qayd etilgan bo‘lsa, «Portlend» 14 ochko to‘plagan holda 21-o‘rinni band etgan.
MLS. 14-tur
Inter Mayami — Portlend 2:0
Gollar: Messi 31, Berterame 42.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist