locale OZ

MLS. «Inter Miami» yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, Messi penaltidan gol ura olmadi

Mayami o‘yinni bir kishi kam holatda yakunladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS. «Inter Miami» yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, Messi penaltidan gol ura olmadi
ФОТО: Getty images

Inter Miami MLS muntazam chempionatida safarda “Sharlott”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlar safida Idan Jorno xet-trikka mualliflik qildi. Mehmonlar safida hujumchi Lionel Messi 32-daqiqada penaltidan gol ura olmadi. “Inter” himoyachisi Tomas Aviles 79-daqiqada qizil kartochka oldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Inter Miami” 46 ochko bilan Sharqiy konferensiyada yettinchi, “Sharlott” esa 53 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

MLS. 29-tur. 14 sentabr
Sharlott — Inter Miami 3:0
Gollar: Idan Jorno 34, 47, 84 (pen).
Foydalanilmagan penalti: Messi 32.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting