MLS. \"Inter Mayami\" yirik hisobda g‘alaba qozondi, Messi dubl qayd etdi
Photo: Getty Images
"Inter Mayami" MLS muntazam chempionatida safarda "Monreal"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mehmonlar safida Lionel Messi dubl qayd etgan bo‘lsa, Tadeo Allende va Telasko Segovia bittadan gol urdi. Mezbonlar safida Prins Ovusu o‘z nomini tabloya yozdirib qo‘ydi.
Ushbu o‘yindan so‘ng "Inter Mayami" 32 ochko bilan Sharqiy konferensiyada oltinchi, "Monreal" esa 14 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda.
MLS. Sharqiy konferensiya, 21-tur
“Monreal” 1:4 “Inter Mayami”
6 iyul. Monreal. "Saputo"
Gollar: Ovusu, 4 (1:0) - Allende, 30 (1:1), Messi, 40 (1:2), Segovia, 60 (1:3), Messi, 62 (1:4).
Bahrom Bobonov
Redaktor