locale OZ

MLS. «Inter Mayami» safarda durang o‘ynadi

Messi gol urdi. Unga Suares uzatma amalga oshirdi.
MLS. “Inter Mayami” safarda durang o‘ynadi
ФОТО: Getty images

MLSning navbatdagi turida “Filadelfiya Union” o‘z maydonida “Inter Mayami”ni qabul qildi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Mezbonlar 11-daqiqada Indiana Vassilevning goli evaziga hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, “Inter Mayami” Daniel Pinterning goli bilan muvozanatni tikladi.

26-daqiqada Lionel Messi mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Argentinalik hujumchi uchun bu 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin “Inter Mayami” safidagi ilk gol bo‘ldi. Shuningdek, Messi otasi Xorxe vafotidan so‘ng jamoasi uchun birinchi bor gol urdi. Luis Suares esa golli uzatma muallifi bo‘ldi.

“Filadelfiya Union” ikkinchi bo‘limda hisobni yana tenglashtirdi. 58-daqiqada Nil Pier jamoasiga 2:2 hisobini qaytardi.

“Filadelfiya Union” — “Inter Mayami” 2:2
AQSH — MLS
Gollar: 11' — Indiana Vassilev (1:0), 21' — Daniel Pinter (1:1), 26' — Lionel Messi (1:2), 58' — Nil Pier (2:2)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting