locale OZ

MLS. «Inter Mayami» o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi

Suares dublga erishdi, Messi golsiz maydonni tark etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS. «Inter Mayami» o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi
ФОТО: Getty imag

MLSning 34-turidan o‘rin olgan “Inter Mayami” hamda “Chikago Fayr” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Gollar shousida 5:3 hisobida chikagolik futbolchilar g‘alaba qozondi. Mayami klubi safida uch gol Aviles va Suares (dubl) nomiga qayd etildi. Ushbu bahsda Messi to‘liq o‘yin o‘tkazdi, ammo samarali harakat qayd etmadi.

Ayni paytda “Inter Mayami” 56 ochko bilan turnir jadvalining 6-pog‘onasini band etgan. Klubni chempionat peshqadami bilan 7 ochko ajratib turibdi.

MLS. 34-tur. 1 oktyabr
Inter Mayami — Chikago Fayr 3:5
Gollar: Aviles 39, Suares 57, 74 (dubl) — Avila 11, Din 31, Kuame 43, Reynolds 80, Gutierres 83.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting