MLS. «Inter Mayami» o‘z maydonida durang o‘ynadi, Messi va Suaresdan gol
MLS 26-turidan o‘rin olgan «Inter Mayami» hamda «San Diyego» jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bahsda tomonlar 2:2 hisobidagi jangovor durangga imzo chekdi. Mehmonlar safida Lionel Messi ushbu uchrashuvda to‘liq harakat qildi va bir golga mualliflik qildi. Yana bir golni Luis Suares urgan bo‘lsa, mehmonlar safida Anders Dreyer dubl qayd etdi.
Ayni vaqtda «Inter Mayami» 44 ochko bilan umumiy turnir jadvalining 4-pog‘onasida bormoqda, peshqadam «Neshvill» bilan oradagi tafovut 11 ochkoni tashkil etmoqda. «San Diyego» jamoasi esa 31 ochko to‘plagan holda jadvalda 20-o‘rinni band etgan.
MLS, 21 sentyabr.
Inter Mayami — San Diyego 2:2
Gollar: Messi 24, Suares 74 — Dreyer 12, 82 (dubl).
Inter Mayami — Sent Kleyr, Mura, Kazemiro, Falkon, Kaysedo (Regilon 69), Brayt, Galarza (Shou 69), de Paul, Berterame (Pinter 87), Messi, Suares.