locale OZ

MLS: «Inter Mayami» «Orlando Siti» maydonida supercomeback amalga oshirdi, Messidan dubl

O‘yinda jami oltita gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
МЛС: «Интер Майами» «Орландо Сити» майдонида суперкамбэк амалга оширди, Мессидан дубль
ФОТО: Getty images

"Inter Mayami" MLS muntazam chempionati safardagi uchrashuvida "Orlando" jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

Mezbonlar safida Marko Pashalich va Martin Ojeda gol urgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Lionel Messi (dubl), Mateo Silvetti va Telasko Segoviya o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Natijada "Inter Mayami" ikki o‘yindan so‘ng uch ochko jamg‘arib, Sharqiy konferensiya turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

MLS. 2-tur
"Orlando Siti" — "Inter Mayami" — 2:4
Gollar: Pashalich 18 (1:0), Martin Ojeda 24 (2:0), Mateo Silvetti 49 (2:1), Messi 57 (2:2), Segoviya 85 (2:3), Messi 90 (2:4).
"Inter Mayami": Sent-Kler, Allen (Mateo Silvetti, 46), Mikael, Falkon, Fakundo Mura, Brayt, De Paul, Segoviya, Messi, Allende (Luhan, 90), Berterame.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting