locale OZ

Mixail An xotirasiga bag‘ishlangan faxriylar turniri o‘tkazildi

Unda qirg‘izistonliklar birinchi o‘rinni egallashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mixail An xotirasiga bag‘ishlangan faxriylar turniri o‘tkazildi
Фото: Пахтакор ПФК

Toshkentda "Paxtakor" afsonalaridan biri Mixail An xotirasiga bag‘ishlab faxriylar o‘rtasida turnir tashkil etildi. Musobaqa O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi (rais Viktor Pak) ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Turnirda Koreya Respublikasi, AQSH, Qirg‘iz Respublikasi va Qozog‘iston davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari tashrif buyurishdi.

Musobaqada 8 jamoa qatnashdi – "Paxtakor" faxriylari, Koreys madaniyat markazlari uyushmasi terma jamoasi, Toshkentdagi Puchon universiteti jamoasi, OAV termasi, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Koreya Respublikasi va AQSH elchixonalari jamoalari ishtirok etdi. Unda qirg‘izistonliklar birinchi o‘rinni egallashdi.

Turnir esa Mixail An xotirasini yodga olish orqali umumiy tarix va sport orqali xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting