Mirzohid G‘ofurov «Metallurg»da o‘ynaydi
Futbolchi 2025 yilda "lochinar" safida 15 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Фото: Навбаҳор ПФК
"Navbahor"ning sobiq himoyachisi Mirzohid G‘ofurov faoliyatini Bekobodda davom ettiradi.
Sports24.uz xabariga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi qayta tashkil etilgan "Metallurg" jamoasida to‘p suradi. Jamoa yangi mavsumni Proligada davom ettiradi. Jamoani Ilhom Mo‘minjonov boshqaradi. U ilgari "Navbahor"da G‘ofurov bilan birga ishlagan.
Futbolchi 2025 yilda "lochinar" safida 15 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Shuningdek, Azim Ahmedov ham “Metallurg”da to‘p surishi ma’lum bo‘lgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist