locale OZ

Mirzad Mexаnovich \"Andijon\"ni tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirzad Mexаnovich "Andijon"ni tark etdi
PHOTO: Telegram

“Andijon” safida to'p surib kelgan bosniya va gersegovinalik futbolchi Mirzad Mexanovich bilan amaldagi shartnoma har ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi.

Mexanovich “Burgutlar” tarkibiga shu yilning yanvar oyida qo'shilgan bo'lib, shu vaqtga qadar u “Andijon” safida O'zbekiston chempionatida 7 ta, Kubok bahslarida esa 3 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifi bo'ldi. Shuningdek, 2 marta golli pas uzatgan.

“Burgutlar” bilan xayrlashgan Mirzad Mexanovichga keyingi faoliyatida omad tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting