locale OZ

Mirko Yelichich: \"Uchrashuvda omadimiz kelmadi, lekin o‘yinimizdan qoniqdim\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirko Yelichich: "Uchrashuvda omadimiz kelmadi, lekin o‘yinimizdan qoniqdim"
Photo: PFC Olympic

Pro-liganing 10-turi doirasida "FarDU"ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng "Olimpik" ustozi Mirko Yelichich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz yaxshi o‘yin ko‘rsata oldik deb o‘ylayman. Odamlar yaxshi futbol tomosha qilish uchun kelishdi va o‘yin barchaga yoqdi deb o‘ylayman. Biz shunday o‘ynashda davom etmoqdamiz. Yosh yigitlarimizning harakatlari menga yoqdi. Uchrashuvda biroz omadimiz kelmadi. Lekin men o‘yinimizdan qoniqdim".

— Jamoa standart vaziyatlar borasida alohida ishlagani ko‘rinib turibdi. Vaziyatni golga aylantirishga nima yetishmadi?
— Futbolchilar yosh va ba’zi vaziyatlarda ularga sovuqqonlik yetishmaydi. Ba’zida bunday holatlarda gol urishni uddalashadi, ba’zida esa o‘xshamaydi. Omadga ham bog‘liq. Biz har kuni standartlar ustida ishlaymiz.

— Yozgi transfer oynasi uchun jamoaning rejalari qanday?
— O‘zgarishlar katta bo‘lmaydi. Yaxshi futbolchilarimizni boshqa jamoalarga bera olmaymiz. Aks holda ularning o‘rniga boshqalarni topishimiz kerak bo‘ladi. Hozirgi asosiy vazifamiz yoshlarni tarbiyalash. Moliyaviy imkoniyatlarimiz ham katta emas. Agar yigitlarga katta jamoalardan takliflar bo‘lsa, albatta ularni beramiz. Ularni katta futbolga tayyorlab berish maqsadimiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting