locale OZ

Mirko Yelichich: \"Shogirdlarim ko'rsatgan o'yin yoqdi\"

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Mirko Yelichich: "Shogirdlarim ko'rsatgan o'yin yoqdi"
Photo: PFC Olympic

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-turi doirasida "Mash'al"ga qarshi o'tkazilgan o'yindan so'ng mehmonlar ustozi Mirko Yelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Futbol sifati tomonlama yaxshi o'yin bo'ldi. Bugun tarkibda o'zgarishlarga qo'l urdik va nisbatan kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan yigitlarga imkon berdik. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. "Mash'al" ikkinchi bo'limda o'zgarishlardan keyin o'yinini kuchaytirdi, biz esa aynan ikkinchi 45 daqiqalikni boy berib qo'ydik. Umuman olganda shogirdlarim ko'rsatgan o'yin yoqdi", – deya fikrini bildirdi mutaxassis.

- Bahrom Vafoev nomidagi stadionning maysasi haqida fikringiz?

- Bu maydonda bemalol futbol o'ynash mumkin, lekin Superligada o'ynash uchun bundan ham yaxshiroq holatga keltirsa bo'ladi. Bu borada Asror (Aliqulov) bilan ham gaplashdim, unga ham maydon yaxshi holatda bo'lgani ma'qul. Yaxshi maydonda sifatli futbol o'ynash mumkin.

- Bu yil kubok bahslari kutilmagan natijalarga boy bo'lyapti. Masalan, amaldagi kubok sohibi "Andijon" va undan oldingi kubok g'olibi "Nasaf" guruhda qolib ketdi. Birinchi liga klublari Superliga vakillari bilan tengma-teng o'yin ko'rsatayapti va g'alaba ham qozonishyapti. Bu o'zbek futbolining rivojlanayotganidanmi?

- Joriy mavsum Superliga o'yinlarini kuzatayapman va ba'zi jamoalar ko'rsatayotgan futbol sifatidan shaxsan o'zim uncha qoniqmayapman. O'zbekistonda akademiyalar jamoalariga e'tibor berila boshlandi va bu asta-sekin o'z so'zini aytadi, yosh o'yinchilar futbol o'ynashni o'rganib borishyapti. O'zbek futboli to'g'ri yo'lda va bu o'z samarasini beradi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting