Mirko Yelichich \"Olimpik\"ni tark etdi
Photo: Olimpik PFK
"Olimpik" matbuot xizmati Mirko Yelichichning jamoani tark etganini ma'lum qildi.
"Olimpik” jamoasi bosh murabbiyi Mirko Yelichich jamoamizni tark etdi. Tajribali mutaxassisga kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi rasmiy bayonotda.
Avstraliyalik mutaxassis “Lokomotiv" ustozi bo‘lishi kutilmoqda. “Temiryo‘lchilar” avvalroq murabbiylar shtabini iste'foga chiqargandi.
Yelichich bunga qadar “Lokomotiv”ni boshqargan va mamlakat chempioni, kubogida ham g‘olib chiqqandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor