locale OZ

Mirko Yelichich: \"Futbolchilarimizning koʻpchiligi bugun oʻzini koʻrsata olmadi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirko Yelichich: "Futbolchilarimizning koʻpchiligi bugun oʻzini koʻrsata olmadi"
Photo: PFC Olympic

Oʻzbekiston Kubogi 1-turidan oʻrin olgan "Olimpik" – "Ishtixon" (0:2) oʻyinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirko Yelichich oʻz fikrlarini bildirdi.

"Albatta, oʻyinimizdan qoniqqanimiz yoʻq. Nimalar yetishmayotganini aniqlab, oʻrganib chiqamiz. 3-4 kun oldin oʻynaganimiz va 3 kundan keyin oʻyinimiz borligini inobatga olib, 3-4 nafar futbolchimizga dam bergandik. Bugungi oʻyin manzur kelmadi. Zaxira futbolchilari ham oʻz darajasida toʻp tepa olmadi. Kamchiliklar ustida ishlab, "Olimpik-Mobius" bilan oʻyinga tayyorgarlik koʻramiz.

- Bugun "Olimpik" juda koʻp xato qildi...

- Biz "Jayhun" bilan sun'iy maydonda harakat qildik. Shundan soʻng yana sun'iy maydonda shugʻullandik va tabiiy maydonda oʻynamadik. Maydondan maydonga moslashish qiyinchilik tugʻdirdi. Tarkibimiz koʻplab yoshlardan iborat. Shuningdek, nisbatan tajribali futbolchilarimiz bor. Lekin bugungi oʻyinda tajribali oʻyinchilar oʻz darajasida harakat qilmadi.

- "Olimpik" ketma-ket magʻlubiyatga uchramoqda. Bu vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?

- Bunday paytda negativ narsalarni oʻylamaslikka va ijobiy holatlarni oʻylashga urinamiz. Keyingi oʻyingacha vaqt kam. Baʼzi oʻyinchilarimiz jarohatda. Ular qaytsa, bizga ancha foydasi tegardi. Hozirda darvozabonlardan tashqari oʻyinga tayyor 16 nafar futbolchimiz bor. Ularning koʻpchiligi bugun oʻzini koʻrsatolmadi. Tarkibimizdagi koʻpchilik yosh boʻlgani uchun ularga negativ muomalada boʻlsak, bu ularga psixologik tomondan notoʻgʻri taʼsir qilishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting