locale OZ

Mirko Yelichich: \"Bu biz ko‘rsatishni istagan futbol emas\"

Superliganing 2-turi doirasida "Mash’al" - "Lokomotiv" (0:2) uchrashuvidan keyin toshkentliklar bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirko Yelichich: "Bu biz ko‘rsatishni istagan futbol emas"
photo: Lokomotiv fk

Superliganing 2-turi doirasida "Mash’al" - "Lokomotiv" (0:2) uchrashuvidan keyin toshkentliklar bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.

- Futbol o‘ynash qiyin bo‘ldi, jamoalar ko‘proq kurashishiga to‘g‘ri keldi. Bu ikkala jamoa uchun ham yoqimli holat emas. Chunki "Mash’al" ham yaxshi futbol o‘ynash uchun kelgandi. Shunday paytda futbolchilarning yana qanday hususiyatga ega ekanligini, bu kabi holatlarda qanday kurasha olishini ko‘rishimiz mumkin. Uch ochkoni inobatga olsak, barchasi yaxshi.

- Maydonni ko‘rganingizdan keyin rejalar o‘zgardimi?

- Ha, albatta. Jamoalar asosan raqibga tayyorgarlik ko‘radi. Keyinchalik shart-sharoitlar o‘rganiladi. Bir necha kun davomida tuzilgan rejalar o‘yin oldidan o‘zgarib ketdi. Bu biz istagan futbol emas. Ob-havo bizni shunga majbur qildi.

- O‘tgan turda muxlislar tashrifi bo‘yicha eng kam son "Lokomotiv"ning uy o‘yinida bo‘ldi. Bu ob-havo bilan bog‘liqmi yoki Toshkentda futbolga qiziqish pastmi?

- Toshkentdagi barcha jamoalarda holat shunday. Viloyatlarda ko‘proq muxlislar o‘yinlarga tashrif buyurishadi. Bilmadim. Balki, biz ko‘rsatayotgan futbol va natijalar sababdir. Chiroyli futbol namoyish qilsak, muxlislar tashrif buyurar. Bu borada ishlashimiz kerak. Lekin Siz aytayotgan muammo faqatgina bizda emas, "Paxtakor" va "Bunyodkor"da ham bor. Biz esa boshqa ishlar bilan shug‘ullanishimiz kerak.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting