locale OZ

Mirko Yelichich: «Birinchi turda istalgan jamoa kutilmagan sovg'a tayyorlashi mumkin»

"Temiryo‘lchilar" mavsumni "Surxon"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirko Yelichich: «Birinchi turda istalgan jamoa kutilmagan sovg'a tayyorlashi mumkin»
Фото: Локомотив ПФК

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich qur'a haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, "temiryo‘lchilar" mavsumni "Surxon"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

- Birinchi turda istalgan jamoa kutilmagan sovg'a tayyorlashi mumkin. Chunki hozir barchaning kayfiyati yuqori, kuchi ko‘p, mavsumga deyarli tayyor. Balki ayrim jamoalar 1-turdagi raqibini unchalik kuchli emas deb hisoblashi mumkin, lekin barchada hozir tarkib o‘zgargan va ularning nimalarga qodirligini tasavvur qilish ham qiyin bo‘ladi. Shu boisdan istalgan jamoa raqiblariga qiyinchilik tug‘diradi.

- Yangi mavsum oldidan Superliga haqida nima deya olasiz?
- Ushbu mavsum qiziq o‘tadi, deb o‘ylayman. Unda ikki jamoa barchadan o‘zib ketib, chempionlik uchun kurashmasa kerak. Ko‘p jamoalar darajasi bir-biriga yaqin. Bu liga uchun yaxshi. Hozir oson o‘yinning o‘zi bo‘lmaydi. Chunki barcha jamoalar raqiblarini yaxshi o‘rganmoqda. Shu boisdan har bir o‘yinga maksimal yuqori darajada tayyorlanib, yaxshi kayfiyatda bo‘lib, barqarorlikni saqlash kerak. Bir o‘yinni yaxshi o‘ynagandan keyin o‘sha holatni ushlab qola olish lozim.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting