Mirko Jelicich \"Lokomotiv\" bosh murabbiyiga aylandi
Ko‘plab yillar davomida "Lokomotiv" klubini boshqargan mutaxassis Mirko Jelicich yana o‘z uyiga qaytdi.
Avstraliyalik murabbiy va "temiryo‘lchilar" o‘rtasida bir yarim yillik shartnoma imzolandi.
Shuningdek, asosiy jamoaning yangi murabbiylar shtabi ham tasdiqlandi:
Mirko Jelicich – bosh murabbiy
Jamshid Saidov, Sadriddin Abdullayev – yordamchi murabbiylar
Alisher Ahmedov – darvozabonlar murabbiyi
Mirko Jelicich "Lokomotiv"ning 3 karra chempion bo‘lishida katta hissa qo‘shgan va aynan o‘sha mavsumlarda jamoa murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. Shuningdek, klub O‘zbekiston Kubogi va Superkubogini ham Mirko Jelicich murabbiylar shtabi tarkibida bo‘lgan paytda qo‘lga kiritgan va jamoa boshqaruvida bevosita ishtirok etgan.
Jamshid Saidov 2021 yilda "Buxoro" jamoasini boshqargan. 2022-2023 yillarda "Lokomotiv" tizimida faoliyat olib borib, 2024 yilda "Qizilqum" jamoasini boshqardi va ishlagan joylarida iliq taassurot qoldirgan.
"Lokomotiv" tarkibida 2 marta mamlakat chempionligi va 1 bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Sadriddin Abdullayev 2021 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va 2022 yilda "Lokomotiv"ning U19 jamoasini boshqargan edi. Uning qo‘l ostida U19 jamoasi 2022 yilda 8-o‘rin, 2023 yilda peshqadamdan 2 ochko ortda qolgan holda 4-o‘rin, 2023 yilda esa 6-o‘rin bilan yakunlagan.