locale OZ

Mirjalol Qosimov: «Qiziqarli o‘yin kutayotgandik, shuning guvohi bo‘ldik»

Olmaliq klubi safarda uch ochkoga ega bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirjalol Qosimov: «Qiziqarli o‘yin kutayotgandik, shuning guvohi bo‘ldik»
Фото: ОКМК

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 7-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Albatta, qiziqarli o‘yin kutayotgandik, shuning guvohi bo‘ldik. Bir tomondan Andijonda o‘ynash oson emas. Ikkinchi tomondan esa oson. Negaki, bu yerda futbolni yaxshi ko‘rishadi, ishqibozlari juda ko‘p. Yigitlarga shuni ta’kidlagandim va qo‘yilgan vazifani to‘g‘ri bajarishdi. Birinchi bo‘limda yaxshi harakatlanib, oxir-oqibat qilgan mehnatimizni ikkita gol bilan ko‘rdik. Ikkinchi bo‘limga keladigan bo‘lsak, oxirgi 20-25 daqiqadan keyin hisobni ushlab qolish baribir ruhiy bosim beradi. Bu ham oxirida pand berib qo‘yishi mumkin edi. Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. G‘alaba qozonganimizdan xursandmiz. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— O‘yin oxirlarida himoyachi Shahzod Toirovni ham maydonga tushirilishi hisobni saqlab qolish uchunmidi?

— Albatta. Bundan oldingi uchrashuvni ham ko‘rib chiqqandik. "Andijon" jamoasi uzun uzatmalar bilan o‘ynaydi va bo‘ydor o‘yinchilari bor. Shuning uchun oxirida uchtalik markaziy himoyachi bilan harakat qildik. Darvozamizga juda yaqin o‘ynashdi. Shu narsa ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limning 20-25-daqiqasigacha yaxshi vaziyatlar bor edi, pressing ham qilinayotgan edi.

— Jamoada yaponiyalik legionerlar oxirgi paytlarda asosiy tarkibda maydonga tushishmayapti. Buning sababi nimada?

— Bizda ikkita yapon bor. Birinchidan, rotatsiya. Ari ko‘p o‘ynayotgandi. Ikkinchidan, o‘zgartirdik va ikkita tayanch yarim himoyachi bilan o‘ynadik. Bu yerda ochiq futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘riladi. Ta’qvim juda ham zich. Jismonan tezroq tiklanish kerak. Shu bois ham o‘yinchilarni almashtirib-almashtirib o‘ynatyapmiz, hozircha. U yog‘ini vaqt ko‘rsatadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting