locale OZ

Mirjalol Qosimov: «Oddiy vaziyatda raqibga jarima zarbasi berib qo‘ydik va bu jazoladi»

Bu haqda OKMK matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirjalol Qosimov: «Oddiy vaziyatda raqibga jarima zarbasi berib qo‘ydik va bu jazoladi»
Фото: ОКМК

Superliga 6-turida OKMK – «Surxon» (1:1) bahsidan so’ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o’z fikrlarini bildirdi.

«Yana o‘sha holat takrorlandi — bu maydonda ikkinchi bor uchrashuv oxirida gol o‘tkazib yuboryapmiz va natijada yana ochko yo‘qotdik. «Surxon» oxirigacha kurashadigan, tartibli va jamoaviy o‘yin namoyish etadigan raqib ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Eng achinarlisi, deyarli xavf tug‘dirmagan vaziyatdan gol o‘tkazdik. O‘zimiz esa qulay imkoniyatdan foydalana olmadik — futbolchimiz zarba berish o‘rniga to‘pni ortiqcha o’zida ushlab qoldi. Shundan so‘ng oddiy vaziyatda raqibga jarima zarbasi berib qo‘ydik va bu jazoladi.

Endi to‘xtab qolishga haqqimiz yo‘q. Oldinga qarab harakat qilishda davom etamiz. Hozirgi o‘yinlar juda keskin va har bir epizod hal qiluvchi ahamiyatga ega. Albatta, yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida jiddiy ishlaymiz», - deydi Qosimov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting