locale OZ

Millatlar ligasi. Portugaliya va Niderlandiyadan g‘alaba, Germaniya esa Gretsiyani yenga olmadi

Jezush boshqaruvidagi portugaliyaliklar qatorasiga 4-o‘yinda muvaffaqiyat qozondi. Daniya mehmonda Uelsni minimal hisobda yengdi. Xavi esa niderlandiyaliklar bilan ikkinchi g‘alabasiga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Millatlar ligasi. Portugaliya va Niderlandiyadan g‘alaba, Germaniya esa Gretsiyani yenga olmadi
photo: gettyimages
UEFA Millatlar ligasi. A liga
04.10.2026, Yak.
Portugaliya
2
Norvegiya
1

Millatlar ligasi. Portugaliya va Niderlandiyadan g‘alaba, Germaniya esa Gretsiyani yenga olmadi

Jezush boshqaruvidagi portugaliyaliklar qatorasiga 4-o‘yinda muvaffaqiyat qozondi. Daniya mehmonda Uelsni minimal hisobda yengdi. Xavi esa niderlandiyaliklar bilan ikkinchi g‘alabasiga erishdi.

Yevropada Millatlar ligasi 4-tur uchrashuvlari start oldi. Germaniya (5, 3-o‘rin) safarda Gretsiya (8, 2-o‘rin) bilan kuch sinashib, nursiz durang qayd etdi.

Portugaliya (12, 1-o‘rin) esa Ronaldusiz Norvegiyadan (3, 4-o‘rin) ustun keldi. Gonsalu Ramush yana gol urdi. Niderlandiya (8, 1-o‘rin) o‘z maydonida Serbiyani (0, 4-o‘rin) yengdi. Daniya (6, 2-o‘rin) mehmonda Uelsdan (3, 3-o‘rin) ustun keldi.

Millatlar ligasi
4-tur, 4 oktyabr
A liga, 2-guruh
Gretsiya — Germaniya 0:0
Gretsiya —
Solakis, Saliakis, Mavropanos (Retsos, 78), Kuliyerakis, Simikas, Masuras, Kurbelis (Muzakitis, 68), Zafeiris, Kiziridis (Andrutsos, 46G‘, Pavlidis, Ioannidis (Kostulas, 88).
Germaniya — Urbig, Troy, Tiau, Anton, Raum, Karl (El Mala, 64), Pavlovich, Bishof (Konte, 83), Sherxant, Virts, Burkardt (Voltemade, 64).

Niderlandiya — Serbiya 2:1
Gollar:
Koopmeyners 31, Zirkzeye 72 – Svetkovich 35.
Niderlandiya — Verbryuggen, Dumfris, van Deyk, Kopmeyners, van de Ven, Gravenberh, Verman (Xato, 58), Reynders (Timber, 82), Sammervill, Lang (van Bommel, 58), Merdink (Zirkzeye, 46).
Serbiya — Milinkovich-Savich, Gudel, Babich, Pavlovich, Terzich (Kostich, 74), Nedelkovich, Stankovich (Maksimovich, 66), Lukich, Samarjich (Zivkovich, 73), Svetkovich, Tadich.

A liga, 4-guruh
Portugaliya — Norvegiya 2:1
Gollar:
Kanselu 38, Ramush 79 – Ayer 36.
Portugaliya — Koshta, Kanselu (Dalot, 63), Diash, Veyga, Mendesh, Palinya (Nevesh, 63), Konseysau, Vitinya, Fernandesh, Ramush, Feliks.
Norvegiya — Selvik, Eursnes, Ayer, Ostigor, Volfe, Berge, Berg, Shelderup, Edegor, Nusa (Bobb, 74), Holand (Larsen, 67).

Irlandiya — Isroil 1:1
Gollar:
Perrott 39 penalti – Peres 47

Uels — Daniya 0:1
Gol:
Hoylund 75 penalti.
Uels – Uord, Uilyams, Kabango, Devis (Mur, 83), Jeyms, Ampadu, Jonson (Byorns, 76), Kallen (Koluill, 76), Tomas Sorba, Kumas (Xarris, 56).
Daniya – Xermansen, Provstgard, Kristensen (Anton, 76), Mele, Andersen, Hoyberg, Yulmann, Isaksen (Kvistgarden, 82), Darami, Hoylund (Kasper, 82), Froxoldt.

Ozarboyjon — Litva 1:0
Gol:
Haybulayev 25

Malta — Andorra 1:0
Gol:
Teuma 49.

Kosovo — Avstriya 1:1
Gollar:
Asllani 70 – Lang 85.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting