locale OZ

Millatlar ligasi. Fransiya uyda Italiya bilan durang o‘ynadi

Zidan yillar o‘tib Fransiyadagi ilk bahsini o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Millatlar ligasi. Fransiya uyda Italiya bilan durang o‘ynadi
Фото: Getty Images

Fransiya Millatlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘z maydonida Italiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

55-daqiqada Maykl Olise jarima zarbasidan gol urib, hisobni ochdi. 68-daqiqada esa Alessandro Bastoni raqib maydonida to‘pni olib qo‘yib, Italiyaning javob golini kiritdi.

Uchrashuv yakuniga yaqin Fransiya bir kishi kam bo‘lib qoldi. 85-daqiqada Dayo Upamekano ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Fransiya musobaqada ilk bor g‘alaba qozona olmadi. Jamoa 7 ochko bilan A ligasining 1-guruhida peshqadamlikni davom ettirmoqda. 4 ochkoga ega Italiya esa guruhda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Keyingi turda Fransiya Belgiyaga qarshi, Italiya esa Turkiya bilan o‘ynaydi. Har ikki uchrashuv 5-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting