Millatlar Ligasi-2026/27 mavsumi uchun qur'a natijalari ma'lum bo‘ldi
Bryusselda UEFA Millatlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi formatga ko‘ra, A, B va C divizionlarida 16 tadan jamoa, D divizionida esa 6 ta jamoa ishtirok etadi.
Qur'a natijalari bilan tanishing:
A ligasi
1-guruh: Fransiya, Italiya, Belgiya, Turkiya.
2-guruh: Germaniya, Niderlandiya, Serbiya, Gretsiya
3-guruh: Ispaniya, Xorvatiya, Angliya, Chexiya
4-guruh: Portugaliya, Daniya, Norvegiya, Uels.
B ligasi
1-guruh: Shotlandiya, Shveytsariya, Sloveniya, Shimoliy Makedoniya
2-guruh: Vengriya, Ukraina, Gruziya, Shimoliy Irlandiya
3-guruh: Isroil, Avstriya, Irlandiya, Kosovo
4-guruh: Polsha, Bosniya va Gersegovina, Ruminiya, Shvetsiya
C ligasi
1-guruh: Albaniya, Finlyandiya, Belarus, San-Marino
2-guruh: Chernogoriya, Armaniston, Kipr, Latviya/Gibraltar
3-guruh: Qozog‘iston, Slovakiya, Farer orollari, Moldova
4-guruh: Islandiya, Bolgariya, Estoniya, Lyuksemburg/Malta
D ligasi
1-guruh: Latviya/Gibraltar, Lyuksemburg/Malta, Andorra
2-guruh: Litva, Ozarbayjon, Lixtenshteyn.
Millatlar ligasining 2026/27 yilgi mavsum o‘yinlari 2026 yilning sentyabr oyida boshlanadi. Turnirning final bosqichi esa 2027 yilning 9–13 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.