Milik faoliyatini BAAda davom ettirish mumkin
Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 1,5 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
“Yuventus” hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini BAA chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
32 yoshli polshalik hujumchi «Yuventus»ning kelgusi rejalaridan o‘rin olmagan. Turin klubi futbolchini sotishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Milik «Yuventus» safiga 2023 yilning yozida qo‘shilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi.
Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 1,5 million yevroga baholamoqda.