locale OZ

«Milan»ga Sørloth kerak

Transfermarkt portali Sørlothning aktual transfer narxini 20 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan»ga Sørloth kerak
ФОТО: Getty images

Madrid klubining hujumchisi Sørloth faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ekrem Konur xabar berdi.

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Sørloth faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Norvegiyalik forvard xizmatlariga «Milan» klubi qiziqish bildirmoqda. «Rossonerilar» ushbu transfer uchun 40 million yevro sarflashga tayyor.

Aleksandr Sørloth 2024 yilda «Vilyarreal»dan «Atletiko»ga 32 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Hujumchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Ushbu mavsumda Sørloth «matraschilar» safida 48 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali Sørlothning aktual transfer narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting